NUR DIGITAL TRUST · SHARTLAR
Foydalanish shartlari
NUR Safe ta’lim va xavfni baholash vositasidir; u hech qachon mutlaq xavfsizlik yoki faktning 100% to‘g‘riligi kafolatini bermaydi.
Xavfsiz foydalanish
Shubhali havola, fayl yoki xabar topilganda uni ochmang, yubormang va ishonchli manba orqali tekshiring. Favqulodda holatda tegishli platforma yoki mahalliy vakolatli xizmatga murojaat qiling.
Hisob va kontent
Foydalanuvchi o‘z hisob ma’lumotlarini himoya qiladi. Adminlar faqat o‘ziga tegishli yoki foydalanishga haqli bo‘lgan dars va media materiallarni joylaydi.
Ta’qiqlangan foydalanish
Platformadan zararli dastur tarqatish, boshqa shaxs nomidan kirish, himoya cheklovini buzish yoki foydalanuvchilarga zarar yetkazish uchun foydalanish mumkin emas.
Yangilanishlar
Platforma va ushbu shartlar xavfsizlik, qonun yoki mahsulot rivoji sabab yangilanishi mumkin.
Murojaat: abduqodirovzoxid928@gmail.com